Taekvondo VTF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli sportchilari Turkiyaga jo‘nab ketdi. Ular 18-20 sentabr kunlari Samsun shahrida o‘tkaziladigan Gran-pri turnirida O‘zbekiston sharafini himoya qilishadi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.
O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidan aka-uka Maksim va Nikita Rafalovich, dunyo reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Jasur Boyqo‘ziyev hamda amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin joy olgan.
Ushbu Gran-pri musobaqasi Rio-2016 Olimpiadasiga muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Gran-prida O‘zbekiston va dunyoning birinchi va ikkinchi raqamli taekvondochilari bo‘lib turgan Jasur Boyqo‘ziyev va Dmitriy Shokin o‘zaro to‘qnash kelib qolishlari ham mumkin.