00:29 / 15.09.2015
5587

Toshkentda noqonuniy shirinliklar ishlab chiqaruvchi sex faoliyati fosh qilindi

Toshkentda noqonuniy shirinliklar ishlab chiqaruvchi sex faoliyati fosh qilindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, SVOJJDLQK departamentining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda bu yerda vaqtinchalik yashab kelayotgan Gulbegim Nazirova yashirin sex tashkil qilib, mashhur yorliqlar ostida sog‘liq talablariga javob bermaydigan shirinlik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi.

Tadbir jarayonida yashirin sexdan tayyor qandolat mahsulotlari, ularni tayyorlashda foydalaniladigan xom ashyo hamda buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Davlat sanitariya-epidemiologiya markazi bergan xulosaga ko‘ra bu mahsulotlar iste'molga yaroqsiz deb topildi.

Tijoratchiga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Top