11:46 / 16.09.2015
4011

Fors ko‘rfazining 6 davlati benzin uchun yagona narxni joriy qilishi mumkin

Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorligi tashkilotiga kiruvchi 6 davlat rahbariyati Qatarda mintaqada neft va neft mahsulotlari narxlarini unifikatsiya qilish masalasini muhokama qilishdi, deb xabar beradi Al-Iqtisady gazetasi.

Aytilishicha, neft vazirlarining uchrashuvi chog‘ida mintaqada benzin narxini o‘zaro yaqinlashtirish masalasi ko‘rib chiqilgan.
O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni va Quvayt benzinning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini sekin-asta bekor qilish tashabbusini ilgari surgan.

Top