17:21 / 16.09.2015
3475

Qozog‘iston pasportlarida urug‘-qabilani ko‘rsatish taklif qilindi

Qozog‘istonlik yurist Jongeldi Sulaymonov qozoq qabila va urug‘larini legallashtirishni taklif qildi. Buning uchun esa ularni pasportga yozish talab etiladi, deb xabar beradi Nur.kz sayti.

Facebook’dagi sahifasida yurist urug‘chilik tizimi ko‘chilik qozoqlar uchun milliy tegishlilikdan ko‘ra muhimroq ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.
“Biz urug‘larimizni qadrlaymiz, ular bilan faxrlanamiz. Shu bois urug‘larni pasportda ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday pasport juda qiziq ko‘rinadi”, - dedi Sulaymonov.

Uning ishonishicha, urug‘chilik tizimi qozoqlarning asosiy boyligidir va uni asrab-avaylash darkor.
“Biz ko‘p jihatdan amerikaliklarga o‘xshaymiz, ularning ham barchasi bir qarashda amerikalik, lekin har birining o‘z millati bor – italiyaliklar, fransuzlar, yahudiylar, ruslar, qozoqlar, armanilar va h.k. Biz ham qozoqmiz, lekin bu 14-15 asrlarda shakllangan urug‘ va qabilalar ittifoqidan boshqa narsa emas, ya'ni uning yoshi 550 yildan oshmaydi”, - ta'kidladi faol.

Top