Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 13:08 / 16.09.2015
2896
1 daqiqa o‘qiladi
Toyota issiqlikdan quvvat oladigan RAV4 gibridini taqdim qildi
Frankfurtdagi motorshou doirasida Toyota RAV4 gibridi taqdimotini o‘tkazdi.
Gibridli krossoverning Yevropaga mo‘ljallangan versiyasi ham kinetik, ham issiqlik energiyasi rekuperatsiyasi tizimiga ega.

Uning kuch qurilmasi tarkibiga 2.5 l li benzinli dvigatel, elektromotor, nikel-metallgidridli akkumulyatorlar kiradi. Qurilmaning umumiy quvvati 197 ot kuchiga teng.

RAV4 8.7 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi. Yo‘ltanlamasning maksimal tezligi 180 km/soat. Yoqilg‘i sarfi – 100 km ga 4.9 l.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish