11:40 / 16.09.2015
2413

"Yuventus" "Manchester Siti"ni safarda yengish orqali 19 yillik noxush an'anasiga chek qo‘ydi

15 sentabr oqshomida Turinning "Yuventus" jamoasi Manchester shahridagi "Etihad" stadionida mezbonlar "Manchester Siti"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu orqali "Yuventus" o‘zining 1996 yildan buyon davom etib kelgan noxush an'anasiga chek qo‘ydi. Turinliklar 19 yildan buyon Angliyada o‘tkazilgan yevrokubok o‘yinlarida g‘alaba qila olishmagandi. Bu vaqt ichida jamoa Yevrokuboklar doirasida 11ta o‘yinni tumanli albionda o‘tkazgan va barchasida mag‘lub bo‘lgandi.

Qayd etish kerakki, jamoa oxirgi marta 1996 yilning noyabrida Angliyada o‘tkazilgan o‘yinda "Manchester Yunayted" jamoasini 1:0 hisobida yenggandi.

Top