Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016 yil oxirigacha 225 madaniyat va istrohat bog‘larida keksalarning dam olish markazlari tashkil etiladi
2016 yil oxirigacha O‘zbekistondagi barcha 225 madaniyat va istrohat bog‘larida keksalarning dam olish markazlari tashkil etiladi. Joriy yilda 95ta mana shunday maydon tashkil etildi.
Aytilishicha, bu yerda keksalar dam olishi, o‘zaro suhbat qurishi, gazeta va jurnallarning oxirgi sonlari bilan tanishishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun istirohat bog‘lari markaziy matbuot organlariga obuna bo‘lmoqda. Har bir maydonda kamida uchta o‘zbekcha va ruscha gazeta bo‘lishi aytilmoqda.
Shuningdek, har bir markazda uch komplektdan shaxmat va shashka jihozlari bo‘ladi.
Har bir maydonchada vaqti-vaqti bilan madaniy dasturlar qo‘yib beriladi.