Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:54 / 17.09.2015
2504
1 daqiqa o‘qiladi
Bag‘dodda sodir etilgan navbatdagi teraktlar 12 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Kamida 12 kishi Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida amalga oshirilgan teraktlar natijasida halok bo‘ldi.
Iroq hukumati xabariga ko‘ra, 17 sentabr kuni Bag‘dodning shialar yashovchi ikki hududida portlashlar sodir etilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, jangarilarning maqsadi politsiya uchastkalariga zarar yetkazish bo‘lgan.
Hozircha bu terakt uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot o‘z zimmasiga olmagan.