Jahon | 17:08 / 17.09.2015
3118
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada Rossiya bilan hamkorlikdagi dastlabki qochqinlar lageri ochildi

Suriyada Rossiya tomonidan jihozlangan dastlabki lager ish faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Qayd etilishicha, unga 500 nafargacha kishi joylashtirilishi mumkin. Lager Arab Respubliksining markaziy qismidagi Xama shahrida joylashgan.

Rossiya samolyotlari bu yerga 30 kunga mo‘ljallangan 15 tonna oziq-ovqat mahsulotlari va 50 ming komplekt bir martalik idishlar yetkazib berdi.

Lager ochilishida provinsiya gubernatori Hassan Umar Halaf, Suriya harbiy muassasasi rahbarlari va boshqalar ishtirok etdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish