08:58 / 17.09.2015
1745

Turkmaniston sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirmoqda

Joriy yilda Turkmanistonda “Sog‘liq” davlat sog‘liqni saqlash dasturining e'lon qilinganiga 20 yil to‘ladi.

Ushbu dastur asosida ko‘rsatilgan yillar mobaynida zamonaviy shifoxonalar qurilib, ular eng ilg‘or texnologiyalar bilan ta'minlandi. Shuningdek, ko‘plab tibbiyot sohasi mutaxassislari yetishtirildi.
2007 yilda Gurbanguli Berdimuhamedov eski prezidentning bir qator tashabbuslarini qayta ko‘rib chiqa boshladi. Jumladan, Turkmanboshi xorijiy ta'lim muassasalarida olingan tibbiyot diplomlarini qabul qilmasligini ko‘rsatgan edi. Bunday tartib bekor qilindi.

20 yil mobaynida “Sog‘liq” dasturi asosida hukumat ushbu sohaga deyarli 340 mln dollar yo‘naltirdi.

Top