14:06 / 18.09.2015
2492

O‘zbekiston U-19 o‘rtoqlik o‘yinida Qatar yoshlarini mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Qatar yoshlar terma jamoasiga qarshi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Jasur Abduraimov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Doxada Qatar yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi haqida maydonga tushishi haqida avvalroq xabar bergan edik. Kecha Doxa shahrida ikkala terma jamoa o‘zaro ilk o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi va mazkur o‘yin Jasur Abduraimov shogirdlarining 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning birinchi bo‘limida Behzod G‘anijonov hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Jasur Yaxshiboyev Qatar darvozasiga ikkinchi golni kiritdi.

Qatar hamda O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 19 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-19 terma jamoasi 2-8 oktabr kunlari Bangladesh mezbonlik qiladigan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati saralash turnirida ishtirok etadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.

17 sentabr. Doxa, Qatar.

Qatar U-19 – O‘zbekiston U-19 – 0:2

Gollar: Behzod G‘anijonov (23), Jasur Yaxshiboyev (90+5).

O‘zbekiston U-19: Umid Hamroyev, Rahimberdi Tursunov, Husniddin G‘ofurov, Islom Qobilov, Hushnud Avilov, Aziz G‘aniyev, Suhrob Nurullayev, Sharof Muhiddinov, Doston Ibragimov, Sanjar Qodirqulov, Behzod G‘anijonov.

Zaxira: Shoxruh Raimov, Jahongir Ahmadov, Farruh Yo‘ldoshev, Nurillo To‘xtasinov, Lazer Adamov, Dian Talxatov, Bobur Abduholiqov, Jasur Yaxshiboyev.

Top