Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 21:20 / 18.09.2015
1624
1 daqiqa o‘qiladi
UYeFA Yevropaga kelgan muhojirlarning bolalari uchun 2 mln yevro xayriya qiladi
Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UYeFA) Yevropadagi muhojirlarning farzandlari uchun 2 mln yevro miqdoridagi xayriya mablag‘i ajratadi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Janni Infantino ma'lum qilgan.
"Biz Yevropada joylashgan qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qaror qabul qildik. Bu maqsad uchun tashkilotimiz 2 mln yevro miqdoridagi mablag‘ni ajratadi", deydi Infantino.
Bundan oldinroq, "PSJ", "Real", "Bavariya" va "Portu" kabi jamoalar muhojirlar uchun 1 mln yevrodan yordam ajratishlari haqida xabarlar berilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish