19:52 / 18.09.2015
4658

Xitoylik ko‘zi ojiz operachilar aka-singil bo‘lib chiqdi

Xitoyning Loyan shahrida birgalikda opera ijro etuvchi qo‘shiqchilar aka-singil bo‘lib chiqdi.

The South China Morning Post nashrining xabar qilishicha, ular tomoshabinlarning ko‘p sonli iltimoslaridan so‘ng DNK tekshiruvini o‘tkazishga qaror qilishgan.

Xitoy matbuoti ma'lumotlariga ko‘ra, Chjen Yuyjunning ota-onasi uni go‘daklik vaqtida Xenan provinsiyasida yo‘l yoqasida qoldirib ketishgan. Oradan 10 yil o‘tib, xuddi shu yo‘l bo‘yida Yan Minminni ham tashlab ketishadi. Ularning har ikkisini turli oilalar boqib olishadi.

Chjen ulg‘ayganidan so‘ng opera qo‘shiqchisi bo‘lib yetishadi va mahalliy sahnalarda san'atini namoyish qilib yuradi. Bir necha yillardan so‘ng u Yan qo‘shiq aytuvchi Loyan shahriga yo‘l oladi. Operachilar uchrashib, birgalikda ijod qilishni boshlaganlaridan so‘ng tomoshabinlar ularning qarindosh bo‘lishlari mumkinligi haqida so‘ray boshlashadi. DNK tekshiruvlari mazkur sirni tasdiqladi va 30 yoshli Chjen hamda 20 yoshli Yan endi haqiqiy ota-onasini qidirishmoqda.

“Men ularni bolaligimda yomon ko‘rar edim, endi esa o‘zimga kelganman. Faqatgina nima uchun ular mendan voz kechishganini bilishni istayman”, – dedi Yan.

Top