17:47 / 19.09.2015
4339

Kaspiy dengizida cho‘kib ketgan qozog‘istonlik harbiylarning yoshi 19dan 23 yoshgacha bo‘lgan

Kaspiy dengizida “Markaz-2015” mashg‘ulotlari vaqtida cho‘kib ketgan qozog‘istonlik harbiylarning yoshi 19dan 23 yoshgacha bo‘lgan, deya xabar berdi KTK telekanali.

18 sentabr kuni Qozog‘istonning Oqtou shahrida o‘tkazilayotgan “Markaz-2015” o‘quv mashg‘ulotida “dengiz desantini tushirish va platsdarmni qurshab olish” vazifasi bajarish uchun Kaspiy dengiziga 6 dona BTR-80 va 52 harbiy xizmatchi kiritilgan edi.

Biroq kuchli shamol va hosil bo‘lgan baland to‘lqin tufayli 4ta BTR-80 cho‘kib ketdi, ikkitasi mustaqil ravishda qirg‘oqqa chiqib oldi. Hodisa natijasida to‘rt nafar muddatli harbiy xizmatchi vafot etdi.

Top