10:05 / 19.09.2015
11460

OAV: Pentagon Rossiyaga qarshi yangi harbiy reja tayyorlamoqda

Pentagon Boltiqbo‘yi mintaqasida Rossiyaga qarshi yangi harbiy rejalarni tayyorlamoqda, deb xabar bermoqda ForeignPolicy nashri.

Nashrning ta'kidlashicha, muammo shundaki, AQSh harbiy harakatlar borasida hamon Rossiyaga yutqazmoqda.

Xabarda aytilishicha, sobiq ittifoqning tarqalishidan beri birinchi marta AQSh mudofaa vazirligi Rossiya bilan harbiy to‘qnashuv holatida favqulodda vaziyatlardagi harakatlar rejasini qayta ko‘rib chiqishga va yangilashga qaror qildi. Agar avval AQShning favqulodda vaziyatlar rejasida Rossiya potensial hamkor deb qaralgan bo‘lsa, Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishidan keyin potensial raqibiga aylandi.

Shu bilan birga Pentagon barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar bo‘yicha – qurolli to‘qnashuvdan tortib zombilar hujumigacha bo‘lgan harakatlar rejasini tayyorlashni rejalashtirmoqda.

Top