15:55 / 20.09.2015
2548

Qozog‘iston g‘arbidagi neft havzasida chiqqan yong‘in bartaraf qilindi

18 sentabr Qozog‘istonning g‘arbiy hududida joylashgan neft havzasida boshlangan yong‘in butunlay bartaraf etildi. Bu haqda Mangystau Online axborot nashrining feysbukdagi sahifasida xabar berilgan.

Mangistov viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Suyundiq Aldashev ham yong‘inlar o‘chirilgani haqida ma'lumot bergan. Aynan u yong‘inni o‘chirish shtabiga boshchilik qildi.

"19 sentabr kuni, soat 23:34da yong‘in o‘chog‘ida olov o‘chdi. 20 sentabr kuni soat 07:31da esa yong‘in butunlay bartaraf qilindi. O‘t o‘chirish ishlarida jami 35ta maxsus texnika hamda 144 nafar o‘t o‘chiruvchi ishtirok etdi", deb ma'lum qilgan Aldashev.

Ushbu yong‘in natijasida jarohatlanganlar yo‘qligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 19 sentabr kuni ushbu yong‘in maydoni 5 ming kv metrga kengaygani haqida xabar berilgandi.

Top