22:39 / 21.09.2015
4846

AQSh: Rossiya Suriya hududini uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida kuzatmoqda

AQSh amaldorlari Rossiya Suriya hududi ustidan nazorat parvozlarini amalga oshirishni boshlaganini aytdi. Bu haqda noma'lum bo‘lib qolishni istagan bir nechta manbalarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Manbalar Suriya ustidan parvoz qilayotgan Rossiyaga tegishli uchuvchisiz parvoz qurilmalarining aniq sonini ko‘rsata olishmagan. Pentagonda bu xabarga izoh berishdan bosh tortildi.

Bundan avval “Vedomosti” nashri Rossiya Mudofaa vazirligiga iqtibos keltirgan holda rossiyalik harbiylar Suriyaning Latakiya shahridagi aerodromda ta'mirlash ishlarida va Tartusdagi flotni moddiy-texnik ta'minlash punktida yordam berayotganlarini yozgan edi. “Kommersant'” nashrining ma'lum qilishicha, Tartusda 1700 nafar rossiyalik harbiy joylashgan.

Top