Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pop-Qo‘qon-Andijon temir yo‘l uchastkasi elektrlashtiriladi
Yaqinda O‘zbekiston temir yo‘lchilari 186 km uzunlikdagi Pop-Qo‘qon-Andijon temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirishga kirishadi. Bu hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlandi.
Hujjatga ko‘ra, bu yo‘lni elektrlashtirish bo‘yicha ishlar “Angren-Pop elektrlashgan temir yo‘l liniyasini qurish” loyihasi tarkibiga kiritiladi hamda loyihaga ajratilgan umumiy mablag‘ hisobidan moliyalashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining 2013 yil 18 iyundagi “Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan 129 km li temir yo‘l qurilishi olib borilmoqda. Investitsion loyiha 2016 yilda yakunlanishi ko‘zda tutilgan.