Shokin Samsun Gran-Prisidagi mag‘lubiyati hakamlarning noxolisligi tufayli yuz berganini aytdi
O‘tgan haftada Turkiyaning Samsun shahrida taekvondo bo‘yicha ikkinchi Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Yarim finalda eronlik azaliy raqibiga yutqazib qo‘ygan Dmitriy Shokin vakillarimiz orasida ushbu turnirda shohsupaga ko‘tarilgan yagona sportchiga aylandi.
"Bir necha turnirlardan buyon yengilmas bo‘lib kelayotgan Shokinni bu safar raqib emas, hakamlar yengishdi", deyiladi sports.uz nashrida.
O‘sha jang tasvirlangan videolavhadan ko‘rinishicha, jang payti raqib Shokinni qo‘li bilan ushlab olgan va boshining orqa qismiga zarba bergan (bu payt eronlik sportchi 6:5 hisobida oldinda edi).
Bunday vaziyatda qoida buzilgani uchun 3 ochko olib tashlanishi kerak hisoblanadi. Biroq hakamlar raqibga shunchaki ogohlantirish berishgan.
Qolaversa, musobaqadan so‘ng Shokindan intervyu olingan paytda tajrimon ham yaxshi ishlamagan. Sportchi hakamlardan norozi ekanligi va ularning xatosini aytganida tarjimon bu jumlalarni tarjima qilmagan. Bundan jahli chiqqan Shokin keyingi savolga o‘zi ingliz tilida javob bera qolgan.