22:51 / 22.09.2015
2791

Ar-Riyod ikki nafar saudiyalik harbiyning yamanlik isyonchilar tomonidan asirga olinganini ma'lum qildi

Saudiya Arabistoni o‘zining ikki nafar harbiy xizmatchisining yamanlik isyonchi-xusiychilar tomonidan asirga olingani holatini tasdiqladi. Bu haqda “Al-Jazira” telekanali ma'lum qildi.

Arab koalitsiyasi rasmiy vakili, saudiyalik general Ahmad Asiriyning aytishicha, “ikki nafar saudiyalik harbiy Yaman hududida bedarak yo‘qolgan”. Generalning ta'kidlashicha, “ular tiriklar va xusiychilar qo‘lida asirda saqlanmoqdalar”. Asiriy “Ansor Alloh” guruhiga Jyeneva xalqaro konvensiyasiga amal qilishni va “saudiyalik asirlarning ismlari va fotosuratlaridan tashviqot maqsadida foydalanmaslikka” chaqirdi.

Yamanda saudiyalik askarlarning asirga tushishi haqidagi xabarning e'lon qilinishi arab davlatlari koalitsiyasining “Ansor Alloh”ga qarshi operatsiya boshlaganidan beri bunday holatning birinchi marta rasman tan olinishidir.

Top