16:31 / 22.09.2015
2071

Volkswagen 11 mln avtomobilga buzuq dasturiy ta'minot o‘rnatilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

Germaniyaning Volkswagen avtokonserni ishlab chiqargan 11 mln avtomobilga nuqsonli dasturiy ta'minot o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda kompaniya rasmiylari xabar berdi.

Juma kuni AQShning atrof muhit muhofazasi boshqarmasi kompaniyani ekologiyaga xavf solayotgan 500 ming mashinani chaqirib olishga undadi. Tashkilot mutasaddilarining fikricha, mashinalardagi himoya uskunalari faqat sinov paytida ishlab, so‘ng ishlamay qolgan. Agarda bu mashinalar chaqirib olinmasa, avtokonsern 18.075 mlrd dollar jarima to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Atrof muhit ifloslanishi bilan bog‘liq janjal xarajatlari uchun Volkswagen 6.5 mlrd yevro ajratdi. Tergov davom etayotgani bois bu summaga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
O‘z navbatida, Ryonxap agentligining ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya hukumati ham bu borada o‘z surishtiruvini o‘tkazmoqchi.

Top