10:20 / 23.09.2015
2616

AQSh va Janubiy Koreya Shimoliy Koreya o‘tkazayotgan raketa sinovlari sababli muzokaralar olib bormoqda

Janubiy Koreya va AQSh harbiy amaldorlari yaqin haftalarda KXDR tomonidan sinovdan o‘tkazilishi kutilayotgan olis masofaga parvoz qiluvchi raketalar sinoviga qarshi zarur choralarni ko‘rish masalasida yuqori darajasi muzokaralarni boshladi.

Seul shahrida Mudofaa vazirligida Janubiy Koreya Siyosat va davlat qurilishi vaziri o‘rinbosari Yu Jye Sok rahbarligidagi Koreya tomoni bilan AQSh Mudofaa vazirining Sharqiy Osiyo hamda mudofaa vazirining yadro va raketa mudofaasi siyosati masalalari bo‘yicha yordamchilari o‘rtasida ikki kun davomida muzokaralar o‘tkaziladi.

Ular KXDR yadro quroli va oktabr oyi o‘rtalarida sinovdan o‘tkazishi kutilayotgan uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa sinovlariga qarshi qo‘llash zarur bo‘lgan choralarni muhokama qilishni rejalashtirgan.

10 oktyarbda Shimoliy Koreya kommunistik partiyasining tashkil topganining 70 yilligi munosabati bilan o‘tgan hafta sun'iy yo‘ldosh uchirilgan edi. Janubiy Koreya tomoni fikriga ko‘ra, bu aslida uzoq masofaga parvoz qiluvchi raketa sinovi bo‘lgan. Shuningdek, Pxenyanning o‘tgan haftada Yonbendagi kompleksda yadro reaktori to‘liq quvvat bilan ishga tushirilgani to‘g‘risidagi xabar ham Koreya Respublikasi xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.

Top