21:23 / 23.09.2015
3353

Belaruslik uchuvchilar birinchi marta An-26 samolyotini avtomobil yo‘liga qo‘ndirishdi

Belaruslik uchuvchilar 23 sentabrda uchish-taktik mashg‘ulot doirasida birinchi marta An-26 harbiy-transport samolyotini avtomobil yo‘lining bir qismiga qo‘ndirishdi, deb ma'lum qilinmoqda Belarus Mudofaa vazirligida.

“Avtomobil yo‘llarining bir qismidan zaxira aerodromlar sifatida foydalanish masalalari ustida ishlandi. MiG-29, An-26 va Su-25 samolyotlari keyinroq belgilangan vzifalarni bajarish uchun qayta parvozni amalga oshirishga tayyorlik bilan avtomobil yo‘lining aedrom qismiga qo‘ndirildi”, deyilmoqda xabarda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ta'kidlashicha, 61-aviatsion baza va havo hujumiga qarshi qo‘shinlarning uchish-taktik mashg‘ulotlari harbiy-havo kuchlari va havo hujumiga qarshi qo‘shinlarini tayyorlash rejsiga muvofiq, Minsk viloyatining M1 “Brest — Minsk — Rossiya chegarasi” avtomobil yo‘li yaqinida o‘tkazildi.

Xalqaro harbiy hamkorlik doirasida mashg‘ulotlarda kuzatuvchilar sifatida Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi vakillari qatnashganlar.

Top