08:59 / 23.09.2015
1910

Rim papasi AQShni Kubaga nisbatan savdo embargosini bekor qilishga chaqirdi

Rim papasi Frantsisk AQSh hukumati Kubaga nisbatan 50 yil muqaddam joriy qilingan savdo embargosini bekor qilishiga umid bildirdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Barcha buning ikki mamlakat intilayotgan munosabatlar yaxshilanishiga xizmat qilishini tushunadi. Men ham ularning yaxshi natijaga erishishini istardim”, - ta'kidladi katoliklar yetakchisi.

U 24 sentabr kuni AQSh Kongressida qiladigan chiqishida bu masalaga to‘xtalishini ta'kidladi.

Top