Jamiyat | 10:35 / 24.09.2015
2876
1 daqiqa o‘qiladi

Dubayda o‘zbekistonlik rassom Vyacheslav Useinovning ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

30 sentabr kuni Dubay shahridagi Alif Gallery’da o‘zbekistonlik taniqli rassom Vyacheslav Useinovning Mixed Threads ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Uzbekistan Today xabar bergan.

Unda san'atkorning fotografiya, rassomchilik, haykaltaroshlik, installyatsiya yo‘nalishlaridagi ijod namunalari namoyish etiladi.

Ko‘rgazma 20 noyabrga qadar davom etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish