10:06 / 25.09.2015
2285

Jizzax industrial zonasida 39 mln dollarlik loyihalar amalga oshirildi

Jizzax maxsus industrial zonasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 39 mln dollarni tashkil qildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, o‘tgan davrda ushbu loyihalar doirasida 300 yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, yana 20ta loyihani amalga oshirish rejasi ishlab chiqilmoqda. Ular orasida elektronika, kompyuter qismlari, quyosh batareyalari, maishiy texnika, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bor.

Top