16:28 / 25.09.2015
2235

OAV: FA Gvardiolani Xojson o‘rniga Angliya terma jamoasi murabbiyligiga tayinlamoqchi

Angliya Futbol assotsiatsiyasi rahbariyati Myunxenning “Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani Roy Xojons o‘rniga Angliya terma jamoasi murabbiyligiga tayinlash masalasini muhokama qilmoqda, deya xabar berdi The Sun.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, FA rahbariyati agarda Xojson Yevropa-2016 chempionati yakunlanganidan so‘ng jamoani tark etishga qaror qilsa, uning o‘rniga eng birinchi navbatda Gvardiolani tayinlashni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, FA ispan mutaxassisiga Angliya terma jamoasini boshqarishni istasa, unga yiliga 10 mln funt hajmdagi maosh taklif etiladi.

Xojson esa avvalroq terma jamoa bilan 2018 yilgi jahon chempionati so‘ngiga qadar ishlashini ma'lum qilgan edi.

Top