19:49 / 25.09.2015
3042

Rishod Sobirov xalqaro reytingda 7-o‘ringa ko‘tarildi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi yangi reyting e'lon qildi. Unda o‘zbekistonlik kurashchi Sharofiddin Lutfullayev 60 kg gacha vazn toifasida 5-o‘ringa chiqib oldi.
Dilshod O‘rozboyev to‘rt pog‘onaga ko‘tarilib, 17-o‘rinni egalladi.
Nihoyat, 66 kg vazn toifasida ilgari 13-o‘rinda turgan Rishod Sobirov 7-pog‘onaga ko‘tarildi.
Reyting dzyudo bo‘yicha Gran-pri arafasida e'lon qilindi. Ushbu musobaqa 1-3 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu Toshkentda o‘tadigan 3-Gran-pri bo‘ladi.

Top