10:49 / 26.09.2015
3305

Afrika futbol konfederatsiyasi prezidenti vaqtinchalik FIFAni boshqarishi mumkin

Afrika futbol konfederatsiyasi prezidenti va FIFAning bosh vitse-prezidenti Iso Hayotiy vaqtinchalik FIFA rahbari lavozimini bajarishi mumkin, deb yozmoqda fransuz OAVlari.

69 yoshli kamerunlik amaldor FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatterning eng ishonchli odamlaridan hisoblanadi.

Hayotiy ushbu majburiyatlarni Shveytsariya Blatterga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgani sababli o‘z zimmasiga olishi mumkin.

Hayotiy FIFAda 1988 yildan beri faoliyat yuritib keladi, tashkilot ijroiya qo‘mitasi tarkibiga 1990 yilda kiritilgan.

Top