20:30 / 26.09.2015
8160

Hajda tiqilinch oqibatida halok bo‘lganlar soni 769 nafarga yetdi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Makkada haj davomida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida halok bo‘lgan ziyoratchilar soni 769 nafarga yetdi, jarohatlanganlar esa 934 nafarni tashkil qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vaziri shifoxonaga yetkazilgan odamlardan ba'zilari olingan jarohatlardan halok bo‘lganlarini ma'lum qildi.

Tiqilinch Jamarot – “shaytonga tosh otish” amalini bajarish paytida Qurbon hayitining 1-kuni, 24 sentabrda Mino vodiysida yuz bergan.

Top