01:06 / 26.09.2015
4348

KUN.UZ dayjesti: 25 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 25 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

OAV hojatxonaga aylantirilgan “Gagarin” kinoteatrini biror-bir “foydali” muassasaga aylantirishni talab qildi>>

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan sobiq “Chayka” kinoteatri binosining hojatxonaga aylantirilgani ayrim jurnalistlar va faollarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda

Vashington Kremlni Putin va Obama o‘rtasidagi uchrashuvga tayyorgarlik haqidagi tafsilotlarni oshkor etishga majbur qildi>>

Oq uyning Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Barak Obama o‘rtasidagi uchrashuvi Rossiya tashabbusi bilan bo‘layotgani haqidagi vaji haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi

Mirjalol Qosimov “Bunyodkor”ning bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin>>

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Bunyodkor” jamoasiga qaytishi mumkin

Eronning oliy diniy yetakchisi Makkadagi fojialarda Saudiya Arabistoni hukumatini aybladi>>

Eronning oliy diniy yetakchisi Oyatulloh Ali Homayniy Makkada Qurbon hayitining birinchi kuni sodir bo‘lgan fojiada Saudiya Arabistoni hukumatini aybladi

Porsche bosh direktori Volkswagen’ning yangi rahbari etib tayinlandi>>

Porsche kompaniyasining bosh direktori Mattias Myuller Volkswagen’ning yangi rahbari etib tayinlandi

1.5 mln kishiga Rossiyaga kirish man qilingan>>

Rossiya federal migratsiya xizmati qonunchilikni buzganlikda ayblangan 1.5 mln chet el fuqarosiga mamlakatga kirishni taqiqlab qo‘ydi

OAV: Makkadagi fojia sababi Saudiya shahzodasining tashrifi bo‘lgan>>

Saudiya qiroli Muhammad bin Salmonning tashrifi Makkada 717 kishining hayotini olib ketgan tiqilinchlikka sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin

Saudiyalik shahzoda AQShda jinsiy tajovvuzda gumon qilinib hibsga olindi>>

AQSh politsiyasi saudiyalik shahzoda Majid Abdulaziz Al-Saudni jinsiy zo‘ravonlikda gumon qilmoqda

Top