10:55 / 26.09.2015
6358

OAV: Rossiya qiruvchi samolyotlari Suriya ustidan amalga oshirayotgan parvozlarini yashirmoqda

Noma'lum bo‘lib qolishni istagan AQSh amaldori CNN telekanaliga Suriya osmonida payqalmaslik uchun o‘chirilgan transponderlar bilan uchayotgan Rossiya qiruvchi samolyotlari kuzatilganini aytdi.

Uning aytishicha, qiruvchi samolyotlar transporderlari yoqiq bo‘lgan transport samolyotiga hamrohlik qilgan. Shuningdek, Latakiya shahri ustida Rossiyaga tegishli uchuvchisiz parvoz qurilmalari kuzatilgan.

Amaldorning ta'kidlashicha, Rossiya samolyotlari parvozlari AQSh sun'iy yo‘loshlari tomonidan qayd qilingan.

Top