09:41 / 26.09.2015
5665

O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri: O‘zbekiston neft-gaz sohasida boshqaruvchilar yetishmayapti

Toshkentda “O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz sanoati korxonalari uchun xodimlar” anjumani bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning fikricha, neft-gaz sohasida murakkab, yuqori texnologik jarayonlarni boshqara oluvchi zamonaviy menejyerlar yetishmayapti.

Saidovaning aytishicha, mamlakat nafaqat shunchaki texnologik jarayonlarni tushunuvchi, balki zamonaviy axborot tizimlarini sohaga kiritishga nihoyatda qiziquvchan professionallarga ehtiyoj sezmoqda.

“Busiz biz neft-gaz sohasini zamonaviy darajaga olib chiqa olmaymiz, mahsulot tannarxini, shu jumladan neft va tabiiy gazga tushayotgan narxlarga mos ravishda pasaytira olmaymiz”, deb aytmoqda Saidova.

“Biz uchun neft-gaz sohasi birinchi navbatda korporativ boshqaruvni takomillashtirish bilan bog‘liq. Shuning uchun biz avval qo‘llanmagan chora – yetakchi zamonaviy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini nafaqat qo‘shma korxonalarga, balki sof mahalliy kompaniyalarga taklif qilishga tayyormiz”, deb aytdi vazir.

Shuningdek, anjumanda O‘zbekiston neft-gaz sohasi korxonalarining Rossiya oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi. Birgina Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universitetining Toshkentdagi filialida 5 yil davomida ushbu soha uchun 2 mingga yaqin mutaxassis tayyorlandi.

Top