19:48 / 27.09.2015
3473

Toshkentda Lacetti ichidan 1.5 mln so‘m o‘g‘irlab ketishga harakat qilgan erkak qo‘lga olindi

Toshkentda Lacetti ichidan 1.5 mln so‘m o‘g‘irlab ketishga harakat qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, 1962 yilda tug‘ilgan, hech qayerda ishlamaydigan Mahmud Rasulov yarim tunda mahallalar ichida aylanib yurib, qarovsiz qolgan mashinaga ko‘zi tushgan. U o‘zi bilan birga olib yuradigan kalitlar to‘plamidan birini tanlab, mashinani ochgan va salondagi 1.5 mln so‘m pulni olib, ketmoqchi bo‘lgan.
Shu paytda voqea joyiga patrul mashinasi kelib qolib, jinoyatchini qo‘lga olgan.

Top