00:44 / 27.09.2015
2868

Xitoy 2030 yilgacha rivojlanayotgan davlatlarga 12 mlrd dollar ajratishni rejalashtirmoqda

Xitoy raisi Si Tszinpin rivojlanayotgan davlatlarga ko‘mak beruvchi jamg‘arma yaratilishini e'lon qildi, dastlabki mablag‘lar 2 mlrd dollarni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.     

“Xitoy 2030 yilgacha kam rivojlangan davlatlarga investitsiyalarni 12 mlrd dollargacha yetkazish uchun mablag‘larni oshirishni davom ettiradi”, deb aytdi Si Tszinpin BMTning barqaror rivojlanish bo‘yicha sammitida.

Si Tszinpin Xitoy rivojlanayotgan davlatlar hamda to‘liq quruqlik bilan o‘ralgan yoki kichkina orol davlatlarga yordam berishini qo‘shimcha qildi.

Top