Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 11:26 / 28.09.2015
2065
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik grossmeysterlar Malayziyadagi festivalda 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi
Malayziyada bo‘lib o‘tgan xalqaro shaxmat festivalida standart shaxmatlar bo‘yicha uchrashuvlar yakunlandi.
“12th IGB Dato’ Arthur Tan Malaysian Open 2015” musobaqasida ishtirok etgan 141 nafar sportchi orasida o‘zbekistonlik Jahongir Vohidov 9 imkoniyatdan 7 ochko to‘pladi va birinchi bo‘ldi.
Yana bir o‘zbekistonlik grossmeyster Dmitriy Qayumov faxriylar o‘rtasidagi o‘yinlarda 9 imkoniyatdan 8 ochko (7 g‘alaba, 2 durang) jamg‘ardi va u "6th KLK Tan Sri Lee Loy Seng Seniors Open 2015" turnirida birinchilikni qo‘lga kiritdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish