23:28 / 28.09.2015
3669

WSJ: Iroq Rossiyaga razvedka parvozlarini amalga oshirishga ruxsat berdi

Iroq Rossiyaning o‘z hududida razvedka parvozlarini amalga oshirish borasidagi so‘rovini qondirdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozadi.

Ta'kidlanishicha, bundan maqsad IShID jangarilari haqida yetarlicha ma'lumot olishdir.

Bu haqda Iroq mudofaa vaziri matbuot kotibi ma'lum qilgan.
Iroq bosh vaziri Nuri al-Maliki avval xabar berganidek, rasmiy Bag‘dod IShIDga qarshi kurashish maqsadida bir qancha davlatlar, jumladan, Rossiya, Suriya va Eron bilan razvedka ma'lumotlari ayirboshlashni amalga oshirib kelmoqda.

Top