14:55 / 28.09.2015
1736

Yaponiya suriyalik muhojirlarga 810 mln dollar ajratmoqchi

Yaponiya hukumati Suriya va iroqlik qochqinlar uchun davlat byudjyetidan 810 mln dollar ajratishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar berdi Reuters agentligi NHK telekanali ma'lumotlariga asoslangan holda.

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bu haqda 30 sentabr kuni AQShning Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasida e'lon qilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakat hukumati hozircha migratsion qonunchilikni yumshatmoqchi emas. O‘tgan yili Yaponiyadan boshpana so‘ragan 5 ming kishidan faqat 11 nafarigina qabul qilingan.

Top