09:48 / 29.09.2015
2745

Manba: Obama va Putin Suriya bo‘yicha harbiy muzokaralar olib borishga tayyor

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Barak Obama ikki mamlakatning harbiy vazirliklari o‘rtasida muzokaralar olib borish zaruriyati to‘g‘risidagi kelishuvga erishishdi.  Bu haqda Reuters agentligi Amerika hukumatidagi axborot manbasiga asoslanib xabar berdi.

Muzokaralarning asosiy maqsadi – Suriyada Rossiya harbiylari mavjud bo‘lgan taqdirda, ular va xalqaro koalitsiya o‘rtasidagi ehtimoliy mojarolardan qochishdan iborat.

Shuningdek, axborot manbasining so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar Suriya siyosiy masalasining yechimlari borasidagi variantlarni o‘rganishga kelishib olishdi, biroq bo‘lg‘usi prezidentlikka Bashar Asad nomzodi borasida bir to‘xtamga kela olishmadi.

Avvalroq esa Putin Barak Obama bilan uchrashuvda Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalarda ishtirok etishini inkor etmagandi.

Top