09:09 / 29.09.2015
3043

MAR prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklar sababli BMT Bosh assambleyasini tark etmoqda

Markaziy Afrika Respublikasi prezidenti Katrin Samba-Panza mamlakat poytaxti Bangida avj olgan tartibsizliklar sababli BMT Bosh assambleyasini tark etmoqda.

Avvalroq Bangidagi to‘qnashuvlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 42 nafarga yetgani hamda poytaxtdagi qamoqxonadan 500 dan ko‘proq mahbus qochib ketgani ma'lum qilingandi.

Bangida musulmon va nasroniy aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bermoqda.

Top