21:25 / 30.09.2015
1875

2015 yilning birinchi yarmida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 1,81 mlrd dollarga yetdi

2015 yilning birinchi yarmida Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi sust xalqaro savdolar ortida ijobiy ko‘rsatkich namoyon qildi va 1,81 mlrd dollarni tashkil qildi, ya'ni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,09 foizga oshdi.

Bu haqda Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Sun Litsze Xitoy davlati tashkil topganining 66 yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimida ma'lum qildi.

Litszening aytishicha, tomonlar Hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning 3-yig‘ilishi va Xitoy-O‘zbekiston anjumanini muvaffaqiyatli o‘tkazdilar, parlamentlar, partiyalar o‘rtasida, shuningdek, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni faol amalga oshirmoqdalar. “Angren shinalar zavodi qurilishi va bir qator ikki tomonlama loyihalar, Toshkentda “Bahorning quvonchli bayrami” festivali, “Xitoy kinosi kunlari” va Xitoyda o‘zbek rassomlari ko‘rgazmasining amalga oshirilishi Xitoy-O‘zbekiston hamkorligining yorqin ifodasi bo‘ldi”, deb aytdi Xitoy elchisi.

Litsze ikki davlat rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” qurilishi ortida ikki tomonlama hamkorlikni tezlashtirish va Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarining rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida sa'y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi.

Top