20:08 / 30.09.2015
2974

Mumbayda 5 kishi 2006 yilgi terakt ijrochilari sifatida o‘limga mahkum qilindi

Hindistonning Mumbay shahar sudi 2006 yilda poyezdda portlash sodir etganlikda ayblangan 12 nafar jinoyatchidan 5 nafarini o‘lim jazosiga hukm etdi. Bu haqda The Times of India nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, mazkur voqea 2006 yil 11 iyul kuni Mumbay shahri yaqinida harakatlanayotgan poyezdda sodir etilgan bo‘lib, bir necha portlashlar natijasida 188 nafar odam halok bo‘lgan, 829 yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlari bilan jabr ko‘rgandi.

Ikki hafta muqaddam 12 nafar gumondor shaxsning barchasi mazkur voqeada aybdor deb topilgandi. Ularning besh nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan bo‘lsa, qolgan yetti nafar umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Besh nafar o‘limga hukm qilinganlar poyezdga bomba o‘rnatganlar bo‘lsa, umrbod qamalganlarning ikkitasi portolovchi moddalar to‘plamini poyezdga yetkazib bergan, yana bir qamoq jazosiga hukm qilingan jinoyatchi bombaga taymer va elektron sxemani o‘rnatish bilan shug‘ullangan.

Top