00:06 / 01.10.2015
3544

OAV: sentabr oyida Germaniyaga qariyb 280 ming muhojir keldi

Germaniya hududiga 2015 yil sentabr oyining o‘zidayoq 270-280 mingga yaqin muhojir keldi. Bu haqda AFP agentligi ma'lum qildi.

Bavariya federal yeri ichki ishlar vaziri Yoaxim Xermann bu miqdor butun 2014 yildagi ko‘rsatkichdan 2 barobar ko‘proqni tashkil qilishini ma'lum qildi.

Avvalroq Germaniyada 290 mingga yaqin ro‘yxatdan o‘tmagan qochqin borligi ma'lum qilingandi. Bunday ma'lumotlarni Migratsiya va qochqinlar masalalalari boshqarmasi prezidenti Frank-Yurgen Vayze keltirib o‘tdi.

Vayzening aytishicha, Germaniya hukumati hanuzgacha mamlakatga qancha muhojir kelgani, ular qayerlarda joylashgani, qanday taqsimlangani haqida aniq tasavvurga ega emas.

Top