23:51 / 02.10.2015
8710

Gollandiyalik o‘lgan hayvonlarni dronga aylantiryapti

Gollandiyalik Bart Yansen o‘lgan turli xayvonlardan kvadrokopterlar yasaydi. 2012 yilda o‘lgan mushukdan yasagan uchish apparati tasvirlangan videoni internetga qo‘ygach, uning nomi tillarga ko‘chdi. Bu haqda Business Insider xabar beradi.

Xammasi 2012 yilda uning mushugi Orvillani mashina urib yuborgach boshlandi. 37 yoshli Yansen mushugini shunchaki ko‘mib yuborish u uchun uyat hisoblab, undan dron yasadi. U hayvonning o‘lgan jasadidan maket yasadi, elektronika ishlari bilan esa muhandis Aren Beltman shug‘ullandi.

2013 yilda ixtirochi hayvonlardan foydalangan holda yangi loyihasini taqdim etdi. Fermalardan birida o‘lib yotgan tuyaqushni ko‘rib qoldi va o‘zining navbatdagi uchar apparatini yasashda undan foydalandi. Ikki oydan keyin tuyaqush-kvadrokopter tayyor bo‘ldi.

Hozirda gollandiyalik sigirdan dron yasashni rejalashtiryapti. Uning aytishicha, unga odam o‘tirib uchsa ham bo‘ladi.

Top