Jahon | 06:15 / 02.10.2015
4654
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: “IShID” Portugaliyadan Pokistongacha bo‘lgan hududni bosib olmoqchi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “IShID” terrorchilik guruhi jangarilari katta hududni bosib olishni mo‘ljallayotganini aytdi. Lavrov bu haqda BMT Bosh assambleyasidagi matbuot-anjumanidagi nutqida aytib o‘tdi. 

“Terrorchilarning rejalarida Portugaliyadan Pokistongacha bo‘lgan hududni bosib olish   bor. Ularga qarshi samarali kurash lozim”, deb ta'kidlab o‘tdi Lavrov.

Lavrov Rossiya Qurolli kuchlarining Suriyadagi maqsadi “Jabhad an-Nusra”, “IShID” va boshqa terrorchilik guruhlari bilan kurashish ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish