Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov: “IShID” Portugaliyadan Pokistongacha bo‘lgan hududni bosib olmoqchi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “IShID” terrorchilik guruhi jangarilari katta hududni bosib olishni mo‘ljallayotganini aytdi. Lavrov bu haqda BMT Bosh assambleyasidagi matbuot-anjumanidagi nutqida aytib o‘tdi.
“Terrorchilarning rejalarida Portugaliyadan Pokistongacha bo‘lgan hududni bosib olish bor. Ularga qarshi samarali kurash lozim”, deb ta'kidlab o‘tdi Lavrov.
Lavrov Rossiya Qurolli kuchlarining Suriyadagi maqsadi “Jabhad an-Nusra”, “IShID” va boshqa terrorchilik guruhlari bilan kurashish ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.