Sport | 10:05 / 02.10.2015
4558
1 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov: Ikkinchi taymda xotirjamroq o‘ynadik, shuning uchun "Gabala" ustidan g‘alaba qildik

"Krasnodar" jamoasining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yevropa ligasi doirasida "Gabala"ga qarshi kechgan g‘alabali uchrashuvdan keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.

- Biz har uch kunda maydonga tushmoqdamiz. Shu sababli charchoq alomatlari bor. Ikkinchi bo‘limda xotirjamroq o‘ynadik, shu sababli g‘alabaga erishdik.

- Ikkinchi bo‘limda "Krasnodar" o‘yinida qandaydir tahlika sezildi. Natija uchun qo‘rqdingizmi?
- Albatta, natija juda muhim.

- O‘yin oldidan Oleg Kononov jamoa bu o‘yinda eng yaxshi sport formasida bo‘lishini aytgan edi. Bu so‘zni qanday tushunish mumkin? Murabbiy ko‘rsatmasini bajara oldingizmi?
- Yaxshi sport formasida bo‘lishni istaymiz. Ammo yomg‘ir yaxshi o‘yin namoyish etishga xalal berdi, - deydi Ahmedov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish