09:13 / 02.10.2015
4448

Qirg‘iziston ayrim davlatlarning BMT XKdan tashqari harakat qilishi teskari natija berishini e'tirof etdi

Qirg‘iziston ayrim davlatlarning BMT Xavfsizlik Kengashi doirasidan tashqarida harakat qilishi teskari natija beradi deb hisoblaydi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildayev BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi chog‘ida bayonot berdi.
“Biz ayrim davlatlar BMT Xavfsizlik Kengashi doirasidan tashqarida harakat qilishga intilgan hollarni kuzatdik. Bunday yondashuvni biz teskari samara beradi deb o‘ylaymiz, ular BMT yo‘riqnomasi prinsiplari muvofiq kelmaydi va o‘zaro kelishmovchiliklarning chuqurlashuviga, xalqaro munosabatlarning beqarorlashuviga olib keladi”, - dedi u.
“Taqdir hazili bilan Ikkinchi Jahon urushining yakunlanishi va BMT yaratilishining 70 yilligi xalqaro maydondagi murakkab vaziyatga to‘g‘ri kelib qoldi, - so‘zida davom etdi diplomat. – Sovuq urush yakunlanishining 25 yilligida yana dunyoning qutblashuvi ostonasida turibmiz, xalqaro huquqning asosiy me'yorlari buzilmoqda, qurolli ixtiloflar va boshqa salbiy tendensiyalar ko‘paymoqda”.

Top