15:43 / 03.10.2015
8342

Ko‘pikdan dunyodagi eng kuchli sun'iy yurak yasaldi

Amerikalik olimlar yumshoq materiallardan dunyodagi eng kuchli sun'iy yurakni yaratishdi. Ko‘piksimon yuqori elastiklikka ega silikon ko‘p miqdordagi suyuqlikni o‘tkazish imkoniyatini beradi. Kashfiyot haqida Advanced Materials jurnali xabar berdi.

Aytilishicha, tadqiqotchilar yumshoq robotlar va sun'iy mushaklar loyihalaridan ilhomlanib, shunday texnologiya asosida yumshoq silikondan yurak yasashgan. Kardioprotezlardan farqli ravishda, silikonli yurak g‘ovaksimon bo‘ladi, buning natijasida havo teshiklar orqali kirib, protezni haqiqiy yurakday ishlashga majburlaydi.

Teri jismlari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan metallardan yasalgan tashqi nasos havo va suyuqlikni sun'iy yurakka itaradi. Plastikning yupqa qatlami teri vazifasini bajaradi – protezni qoplab, materiallar oqib ketishining oldini oladi.
Yangi apparat hozircha tibbiy maqsadlarda qo‘llanishga tayyor emas. Ayni kunlarda olimlar tajriba bosqichiga tayyorlanmoqda.

Top