Jahon | 08:35 / 03.10.2015
4277
1 daqiqa o‘qiladi

Olland: Fransiya Suriyada aviazarbalar miqdorini ko‘paytiradi

Fransiya Suriyada “IShID” pozitsiyalariga beriladigan aviazarbalar miqdorini oshirmoqchi. Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland Parijda “normand to‘rtligi” uchrashuvi natijalariga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida aytib o‘tdi. 

“Fransiya Suriyada “IShID”dan boshqa nishonlarni ko‘rmayapti”, deb aytdi Olland.

Avvalroq Fransiya aviatsiyasi Suriyada aviazarbalar berishi oqibatida “IShID” jangarilari lagerini yo‘q qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish